Nexia haydovchisi YPX mashinasini urib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia-2 haydovchisi YPX xodimlarining ketma-ket to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmay, patrul avtomashinasiga urilgan va qochishga uringan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Nexia haydovchisi YPX talabiga bo‘ysunmagan

12-avgust kuni tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari Nexia-2 avtomashinasini hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatgan.

Biroq haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan. Keyingi chorrahada boshqa YPX xodimlari ham unga bir necha bor to‘xtash ishorasini bergan, ammo haydovchi harakatini davom ettirgan.

Patrul avtomashinasiga urilib, qochmoqchi bo‘lgan

Patrul ekipaji haydovchining yo‘lini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Nexia-2 xizmat avtomashinasi yordamida cheklagan.

Shunga qaramay, haydovchi patrul avtomashinasiga urilib, yana voqea joyidan yashirinishga uringan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, u ushlandi.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanida YPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Shuningdek