15-avgustda ayrim hududlarda havo 43 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yog‘ingarchiliksiz va issiq ob-havo saqlanib qoladi
2-iyul uchun ob-havo prognozi
Foto: ChatGPT

15-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda havo harorati +43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +22…+24, kunduzi esa +38…+40 daraja atrofida bo‘ladi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 3–8 metr/soniyani tashkil etib, ayrim paytlarda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Eng yuqori harorat janubda kuzatiladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat +38…+43 darajaga yetadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida +37…+42, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda +35…+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham harorat +35…+40 darajagacha ko‘tariladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda esa kunduz kuni +33…+38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo nisbatan salqin bo‘lib, kechasi +15…+20, kunduzi +28…+33 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, mamlakatning ayrim hududlarida shamol 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa keyingi issiqlik to‘lqiniga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek