Dollar yana pasaydi: 17-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar 14-avgust kuni 10,69 so‘mga tushib, 11 937,39 so‘m bo‘lgan edi
Dollar yana pasaydi: 17-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

17-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 46,71 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 7-avgust kuni 28,92 so‘mga oshib, 11 915,64 so‘mni, 10-avgust kuni 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni, 11-avgust kuni esa 17,49 so‘mga tushib, 11 934,61 so‘mni tashkil etdi. 12-avgust kuni dollar 44,66 so‘mga tushib, 11 889,95 so‘m, 13-avgust kuni 58,63 so‘mga oshib, 11 948,58 so‘m, 14-avgust kuni 10,69 so‘mga tushib, 11 937,39 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida ham pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 15,82 so‘mga tushib, 13 753,34 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,07 so‘mga tushib, 141,83 so‘mni tashkil qildi.

Banklarda 500 dollargacha valyutani hujjatsiz olish mumkin

Foto: depositphotos

O‘zbekistonda banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasport yoki ID-kartasiz sotib olishga ruxsat berildi. Yangi tartib 2026-yil 9-avgustdan kuchga kirdi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda banklarda $500 gacha naqd xorijiy valyuta xarid qilayotgan fuqarolardan pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab qilinmaydi.

Avval banklarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz xarid qilish mumkin bo‘lgan chet el valyutasi miqdori $100 bilan cheklangan edi. Yangi tartib bilan ushbu limit besh baravarga – $500 gacha oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 14-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek