O‘zbekistonga elektromobil importi 2,6 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
Elektromobillarning umumiy qiymati $447,7 mlnni tashkil etdi
O‘zbekistonga elektromobil importi 2,6 baravarga oshdi
Foto: stat.uz

2026-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonga 37 874 ta elektromobil import qilindi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 2,6 baravar yoki 23,5 ming dona ko‘p, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Elektromobillar importiga $447,7 mln sarflandi

Yarim yil davomida olib kirilgan elektromobillarning umumiy qiymati $447,7 mlnni tashkil etdi. Bu 2025-yilning birinchi yarmida mamlakatga import qilingan barcha turdagi avtomobillarning jami qiymatidan $25,6 mln ko‘p.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar – iyun oylarida ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillarni ham qo‘shib hisoblaganda, O‘zbekistonga jami 24,4 mingta avtomobil import qilingan.

Importning 99 foizdan ortig‘i Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi

Elektromobillarni O‘zbekiston bozoriga yetkazib berishda Xitoy mutlaq yetakchilik qilmoqda. 2026-yilning dastlabki olti oyida ushbu mamlakatdan 37,6 mingta elektromobil olib kirilgan. Bu jami elektromobil importining 99,2 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, Gonkongdan 141 ta, Janubiy Koreyadan 80 ta, Germaniyadan 42 ta va AQShdan 21 ta elektromobil import qilingan. Boshqa davlatlardan esa jami 30 ta elektromobil olib kirilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda qiymati 440 mln so‘mgacha bo‘lgan elektromobillarni xarid qilish uchun olingan avtokreditlar foizining bir qismini Davlat budjetidan qoplash taklif etilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek