O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlar uchun yangi talablar tasdiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Hujjat 2026-yil 13-avgust kuni 3 923-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
Foto: SI

O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va ulardagi axborotni yoritib berish bo‘yicha yangi talablar belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Moliyaviy hisobotlar tarkibi belgilandi

Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, hujjat 2026-yil 13-avgust kuni 3923-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yangi standartga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plamiga balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, izohlar hamda tegishli qiyosiy ma’lumotlar kiradi.

Moliyaviy hisobotlarda muhim ma’lumotlarni yashirib qo‘yish yoki ularni noto‘g‘ri jamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Foydalanuvchi uchun muhim bo‘lgan axborot alohida ko‘rsatilishi yoki hisobotga beriladigan izohlarda batafsil tushuntirilishi kerak.

Shuningdek, moliyaviy ma’lumotlarni joriy va oldingi davrlar bilan taqqoslash imkonini beradigan qiyosiy axborot ham taqdim etilishi shart.

Daromad va xarajatlar toifalarga ajratiladi

Yangi talablar daromad va xarajatlarni operatsion, investitsiya, moliyalashtirish, foyda solig‘i hamda tugatilgan faoliyat toifalari bo‘yicha tasniflashni nazarda tutadi.

Aktivlar va majburiyatlar esa joriy hamda uzoq muddatli turlarga ajratiladi.

Shuningdek, balans, moliyaviy natijalar, xususiy kapital va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish hamda ulardagi muhim ma’lumotlarni zarur hollarda izohlarda ochib berish talabi belgilanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek