«Toshkent yo‘lbarsi», dividendlar va zilzila — 15-avgust yangiliklari

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

«O‘zmetkombinat» 224,5 mlrd so‘mni dividendga yo‘naltirishi mumkin, o‘zbek boksi afsonasi Rufat Risqiyev vafot etdi, Indoneziyadagi kuchli zilzila esa kamida 38 kishining umriga zomin bo‘ldi. Ronaldu yangi imiji bilan muxlislarni muhokamaga chorladi, ChatGPT esa Braziliyada sakkiz yoshli bolaga nisbatan xavfni aniqlashga yordam berdi. 15-avgustning asosiy yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

«O‘zmetkombinat» 224,5 mlrd so‘mni dividendga yo‘naltirishi mumkin

«O‘zmetkombinat» Kuzatuv kengashi 2025-yildagi sof foydaning 79 foizini oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarga yo‘naltirishni tavsiya qildi. Har bir oddiy aksiya uchun 378,17 so‘m dividend taklif etilgan, bu 14-avgustdagi bozor narxiga nisbatan qariyb 5,9% dividend daromadliligini beradi.

Batafsil

iPhone 17 kamerasi Galaxy S26 Ultra bilan tenglashdi

Bazaviy iPhone 17 DxOMark kamera testida 157 ball to‘plab, jahon reytingida 20-o‘rinni egalladi. Smartfon Samsung Galaxy S26 Ultra, iPhone 16 Pro va Oppo Find X7 Ultra bilan bir xil natija qayd etdi.

Batafsil

Qozog‘iston Toktogul GESdagi uzilish sababini tushuntirdi

14-avgustdagi mintaqaviy elektr uzilishlari Qirg‘izistondagi Toktogul GESning ikkita gidrogeneratori o‘chganidan keyin boshlangan. KEGOC ma’lumotiga ko‘ra, bu Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘langan energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan.

Batafsil

«Toshkent yo‘lbarsi» Rufat Risqiyev vafot etdi

O‘zbek boksi afsonasi, jahon chempioni va Monreal-1976 Olimpiadasi kumush medali sohibi Rufat Risqiyev 76 yoshida olamdan o‘tdi. U jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbek bokschisi sifatida tarixga kirgan.

Batafsil

Moliyaviy hisobotlar uchun yangi talablar tasdiqlandi

O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va ulardagi axborotni yoritib berish bo‘yicha yangi milliy standart davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Endi muhim ma’lumotlarni yashirish yoki noto‘g‘ri jamlashga yo‘l qo‘yilmaydi, qiyosiy axborot ham taqdim etilishi kerak.

Batafsil

iQOO 15 000 mA·soat batareyali smartfon konseptini ko‘rsatdi

iQOO kompaniyasi 15 000 mA·soat sig‘imli batareya va 240 Hz ekran bilan jihozlangan X konsept smartfonini namoyish qildi. Qurilma hozircha tajriba loyihasi bo‘lib, seriyali ishlab chiqarilishi rejalashtirilmagan.

Batafsil

Dam olish kunlari 23 ta bankda valyuta ayirboshlash mumkin

15–16-avgust kunlari O‘zbekistondagi 23 ta tijorat bankining ayrim valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari ishlaydi. Banklarning barcha ofislari ochiq bo‘lmaydi — maqolada kerakli bankni tanlab, ishlaydigan shoxobchalar manzili va jadvalini ko‘rish mumkin.

Batafsil

Toshkentda odamlarni qutqargan FVV xodimi halok bo‘ldi

Uchtepa tumanidagi xonadonda chiqqan yong‘inni bartaraf etish vaqtida FVV Maxsus qutqaruv batalyoni kapitani Boburmirzo Pardayev halok bo‘ldi. U xonadondagi odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishda qatnashgan.

Batafsil

Indoneziyadagi zilzilada kamida 47 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 47 kishiga yetdi. Tabiiy ofatdan keyin sunami haqida ogohlantirish e’lon qilindi, qirg‘oqning o‘nta nuqtasida sunami to‘lqinlari qayd etildi.

Batafsil

ChatGPT sakkiz yoshli bolaga tahdidni aniqlashga yordam berdi

Braziliyada 36 yoshli erkakning ChatGPT bilan suhbatlari xavfsizlik tizimining e’tiborini tortdi. OpenAI ma’lumotni FBI’ga yetkazgan, keyinchalik Braziliya politsiyasi erkakni sakkiz yoshli o‘g‘liga zarar yetkazishni rejalashtirganlikda gumon qilib qo‘lga olgan.

Batafsil

Shuningdek