Kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
Arizalar 24-avgustga qadar qabul qilinadi
O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi
Foto: Facebook / Sun’iy intellekt

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizasini onlayn topshirishi mumkin. Arizalar 24-avgustga qadar qabul qilinadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyentlar apellatsiya arizasini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yuborishi mumkin. Arizalarni qabul qilish 15-avgustda boshlandi va 10 kun davom etadi.

Kimlar apellatsiya bera oladi

Apellatsiya shikoyatini berish uchun abituriyent test sinovida ishtirok etgan va imtihondan chetlatilmagan bo‘lishi kerak.

Ariza topshirilgach, abituriyentga apellatsiyani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Apellatsiyani ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki xabarnomada ko‘rsatilgan manzilga kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlangandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, jami 4,8 mingta kvota ajratildi.

Shuningdek