Ortda qolayotgan haftada nimalar yuz berdi

Kursiv Uzbekistan mahalliy va xalqaro maydonda hafta davomida sodir bo‘lgan yangiliklarning eng muhimlarini bir joyga jamladi.
Xomanaiy uzoq vaqtdan keyin «katta sahnaga» qaytdi

Eron davlat agentligi – Mehr mamlakat oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyning mart oyidan beri ommaga ko‘rsatilmagan ilk videosini e’lon qildi. Kadrlar qachon tasvirga olingani ma’lum qilinmagan.
Endi banklardan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘ldi
O‘zbekistonda banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasport yoki ID-kartasiz sotib olish tartibi kuchga kirdi. Avval hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor $100 edi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjat 2026-yil 9-avgustdan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endilikda fuqarolardan banklarda $500 gacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.
O‘zbekistonda yetti oyda ish joylarida 156 kishi halok bo‘ldi

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda jami 580 nafar kishi jabrlangan, 156 nafari esa vafot etgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.
Baxtsiz hodisalarning 132 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Shuningdek, 372 ta hodisa og‘ir oqibatli, 24 tasi esa guruhiy baxtsiz hodisa sifatida qayd etilgan.
Husanov «Manchester Siti» safiga qachon qaytadi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning mavsumoldi Osiyo turini muddatidan avval tark etib, O‘zbekistonga qaytgandi. Futbolchiga jamoani shaxsiy sabab tufayli tark etishga ruxsat berilgani ma’lum qilingan. Manchester Evening News xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachining tez orada jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda.
Investorlar uchun soliq imtiyozlari 2038-yilgacha uzaytirilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda dividendlar va obligatsiyalar boʻyicha foizlarga berilgan amaldagi soliq imtiyozlari muddatini 2038-yilgacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Regulyator investorlarga uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash uchun ushbu muddatni uzaytirishni zarur deb hisoblaydi. Bu haqda 12-avgust kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida ILMA boshqarma boshligʻi Saulat Toreshov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Endi kredit reklamalarining 10 foizi xatarlar haqida ogohlantirishga ajratilishi mumkin

Markaziy bank kredit reklamalari va shartnomalarida qarz oluvchilarni moliyaviy xatarlar haqida majburiy ogohlantirish tartibini joriy etishni taklif qilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
O‘zbekiston Markaziy banki kredit mahsulotlarini reklama qilish va kredit shartnomalarini rasmiylashtirishda qo‘shimcha ogohlantirishlarni majburiy joylashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasida keltirilgan.
Qirg‘iziston O‘zbekistondan olib kirilgan 23 tonna piyozni qaytardi

Qirg‘iziston chegarasida O‘zbekistondan olib kirilgan 28 tonna piyoz va sabzi ortga qaytarildi. Bu haqda mahalliy 24.kg nashri xabar berdi.
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, yuk «Qizil-Qiya – avtomobil yo‘li» fitosanitariya nazorat postida tekshirilgan. Nazorat davomida 23 tonna piyoz va 5 tonna sabzi mahsulotlarida majburiy markirovka mavjud emasligi aniqlangan.
Jorjina Rodrigesning boyligi qancha — tahlil

Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari sabab dunyoga tanilgan Jorjina Rodrigesning boyligi barcha uchun qiziqarli mavzulardan biri. Kursiv Uzbekistan modelning mol-mulki haqida ma’lumotlarni bitta materialga jamladi.
Ronaldu O‘zbekistonga keladimi

O‘zbekistonning ikki klubi – «Paxtakor» va «Neftchi» – Osiyo Chempionlar ligasining asosiy bosqichida birgalikda ishtirok etadi. Har ikki jamoa Saudiya Arabistonining Krishtianu Ronaldu sardorlik qiladigan «Al-Nasr» klubiga qarshi o’yin olib boradi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o’z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Toshkentda kvartiralar bahosi qayta ko‘rib chiqildi: soliqlar nima bo‘ladi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan dastlabki ommaviy baholash natijalariga ko‘ra, 600 mingdan ortiq kvartiraning bahosi amaldagi kadastr qiymatidan qariyb 7,4 baravar, 213 mingdan ortiq hovli-joyniki esa qariyb 15 baravar yuqori chiqdi. Natijalar hozircha dastlabki bo‘lib, 60 kun davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
iPhone 17 kamerasi Galaxy S26 Ultra bilan tenglashdi
Bazaviy iPhone 17 DxOMark kamera testida 157 ball to‘plab, jahon reytingida 20-o‘rinni egalladi. Smartfon Samsung Galaxy S26 Ultra, iPhone 16 Pro va Oppo Find X7 Ultra bilan bir xil natija qayd etdi.
Qozog‘iston Toktogul GESdagi uzilish sababini tushuntirdi
14-avgustdagi mintaqaviy elektr uzilishlari Qirg‘izistondagi Toktogul GESning ikkita gidrogeneratori o‘chganidan keyin boshlangan. KEGOC ma’lumotiga ko‘ra, bu Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘langan energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatgan.
Messi penaltidan foydalana olmadi, «Inter Mayami» «Neshvill»ga yutqazdi

Lionel Messi penaltidan gol ura olmagan MLS uchrashuvida «Inter Mayami» safarda «Neshvill»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng mezbonlar turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi.
MLS muntazam chempionati doirasida «Neshvill» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida «Inter Mayami» sardori Lionel Messi penaltidan foydalana olmadi. Uning zarbasini «Neshvill» darvozaboni qaytardi.
«Sabzi qiroli»: Holand sabab Norvegiyada sabzi savdosi oshdi

Norvegiyada sabzi savdosi oshgani qayd etildi. «Pravda Norway» yozishicha, ishlab chiqaruvchilar buni futbolchi Erling Holand ishtirokidagi reklama va uning sabzi yeyayotgan videolari ommalashgani bilan bog‘lab, holatni «Holand effekti» deb atamoqda.
Jahon chempionati atrofidagi qiziqish davrida futbolchi Bamba sabzavot yetkazib beruvchisi reklamasida muntazam namoyish etilgan.