Xiaomi to‘qqiz yil avvalgi modeli uchun HyperOS 4 yangilanishini chiqardi

16-avgust 2026 15:16 eʼlon qilindi

(16-avgust 2026 22:21 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi to‘qqiz yil avvalgi modeli uchun HyperOS 4 yangilanishini chiqardi
Foto: Xiaomi

2017-yilda taqdim etilgan Xiaomi Mi 6 smartfoni uchun Android 17 asosidagi HyperOS 4 norasmiy tarzda moslashtirildi. IT Home yozishicha, yangi tizim qurilmada ishlaydi, biroq hozircha ko‘plab xatolar mavjud.

Yig‘ilma 4.0.0.9.XCACNXM raqamiga ega bo‘lib, Xiaomi 17 uchun ishlab chiqilgan HyperOS 4’ning ichki versiyasi asosida yaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘qqiz yillik Xiaomi Mi 6 yangi operatsion tizimda nisbatan ravon ishlay oladi. HyperOS 4’ning ayrim funksiyalari ham to‘g‘ri ishlamoqda.

Biroq bu rasmiy yangilanish emas, balki tajriba uchun yaratilgan norasmiy proshivka hisoblanadi. Dasturchilar tizimda hali ko‘plab xatolar mavjudligi sababli uni asosiy operatsion tizim sifatida o‘rnatishni tavsiya qilmayapti.

Mi 6 haqida

Xiaomi Mi 6 2017-yilda Snapdragon 835 protsessori bilan taqdim etilgan va ancha oldin rasmiy yirik yangilanishlarni olishdan to‘xtagan.

Shunga qaramay, dasturchilar hamjamiyati ushbu modelni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Avvalroq smartfon uchun MIUI 13 va MIUI 14’ning ham norasmiy versiyalari yaratilgan.

Endi esa Xiaomi Mi 6 Android 17 asosidagi HyperOS 4’ni ham ishga tushira oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya Redmi K100 flagman smartfonlarini taqdim etgandi. Qurilmalar Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 200 megapikselli kamera va katta sig‘imli akkumulyatorlar bilan jihozlangan.

Shuningdek