Toshkentdagi maktab bozorlari manzillari ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Ularda o‘quv qurollari, yozuv-chizuv anjomlari, darsliklar va boshqa zarur mahsulotlarni xarid qilish mumkin
Toshkentdagi maktab bozorlari manzillari ma’lum qilindi
Foto: Yandex Maps

Toshkentda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan ota-onalar va o‘quvchilar uchun maktab bozorlari tashkil etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ularda o‘quv qurollari, yozuv-chizuv anjomlari, darsliklar va boshqa zarur mahsulotlarni xarid qilish mumkin.

Qayerlarda maktab bozorlari bor

Savdo maydonlari poytaxtdagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari hududida tashkil etilgan. Ularning manzillari quyidagicha:

  • Aviasozlar dehqon bozori — avtoturargoh hududidagi maydonlarda;
  • Askiya dehqon bozori — Shota Rustaveli ko‘chasi tomonidan kirishning o‘ng tomoni va orqa kirish qismida;
  • Chilonzor dehqon bozori — Bunyodkor va Farhod ko‘chalari kesishmasidagi avtoturargohda;
  • Mirobod dehqon bozori — Avliyoota ko‘chasidagi bozor kirish qismida;
  • Navro‘z dehqon bozori — asosiy bozor hududida;
  • Sergeli dehqon bozori — Sergeli-6, Sergeli-7, Sergeli-2 va Sergeli-4 mavzelari yer osti o‘tish yo‘llari atrofida, Sergeli-1 shoxobchasi hamda Qo‘yliq-5 mavzesidagi bozorlar atrofida;
  • Farhod dehqon bozori — Farhod ko‘chasi-30, yarmarkaning orqa qismi, asosiy kirish darvozasi yonida va Farhod ko‘chasi–G9a hududida;
  • Eski Jo‘va dehqon bozori — bozor hududidagi 8 qirrali katta zinadan tushish joyi, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida;
  • Yunusobod dehqon bozori — bozor hududida;
  • Qoraqamish dehqon bozori — Tansiqboyev shoxobchasida;
  • Qo‘yliq dehqon bozori — bozor hududidagi bo‘sh maydonlarda;
  • Chilonzor buyum savdo kompleksi — kompleks hududida;
  • Chorsu buyum savdo kompleksi — asosiy kirish qismi va DM-74 atrofida;
  • O‘rikzor savdo kompleksi — asosiy kirish darvozasining chap tomonida.

Maktab uchun kerakli mahsulotlarni shu yerdan xarid qilish mumkin

Maktab bozorlari yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan fuqarolarga o‘quvchilar uchun zarur anjomlarni bir joydan xarid qilish imkonini beradi.

Savdo maydonlarida maktabga kerakli o‘quv-yozuv qurollari, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari sotilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktab va OTMlarda nazorat-o‘tkazish punktlari joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek