UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun chegirma e’lon qildi, muddatli to‘lov uchun shartlar o‘zgaradi — 17-avgust e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
O‘zbekistonga mobil telefon importi 2026-yilning yanvar – iyun oylarida sezilarli darajada oshdi
UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun chegirma e’lon qilindi, muddatli to‘lov uchun shartlar o‘zgaradi — 17-avgust e’lon qilingan yangiliklar
Kollaj: Tengrinews

UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun chegirma e’lon qildi, muddatli to‘lov uchun shartlar o‘zgaradi – 17-avgust e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Chevrolet Cobalt avtomobiliga chegirma e’lon qilindi

Chevrolet Cobalt avtomobiliga chegirma e’lon qilindi
Foto: Autostrada

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt MCM avtomobillari uchun maxsus chegirma taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Aksiya doirasida modelni 146,1 mln so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin, chegirma miqdori esa komplektatsiyaga qarab 15 mln so‘mgacha yetadi.

Chevrolet rasmiy dilerlik markazlari va UzAuto Motors bilan hamkorlik qiluvchi ayrim banklar dam olish kunlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shu sababli hafta davomida avtomobil xaridi uchun vaqt topa olmagan mijozlar shanba va yakshanba kunlari ham rasmiy dilerlarga murojaat qilishi mumkin.

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Foto: Ulysmedia

Qozog‘istonning Jambil viloyatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafoti yuzasidan tergov boshlandi. Qiz o‘limidan oldin dugonasiga turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchiliklar va ehtimoliy zo‘ravonlik haqida gapirgan. Bu haqda Qumash.kz xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, ayol qariyb ikki yil davomida eri bilan birga yashagan. U dugonasiga yuborgan yozishmalarida oilasidagi vaziyat haqida ma’lumot bergan.

«Hayvonlar shahri» multfilmining uchinchi qismi qanday bo‘ladi

Zootopia multfilmining uchinchi qismi qanday bo‘ladi
Foto: Disney

Disney mashhur Zootopia («Hayvonlar shahri») animatsion franshizasining uchinchi qismi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Yangi film loyihasi Zootopia 2’ning katta muvaffaqiyatidan so‘ng ishga tushirilgan, deya xabar berdi Variety nashri.

2025-yilda namoyish etilgan Zootopia 2 dunyo prokatida $1,8 milliard daromad keltirib, Disney tarixidagi eng ko‘p daromad qilgan animatsion filmga aylangan.

Film premyerasi dastlabki dam olish kunidayoq katta natija qayd etib, o‘sha paytda animatsion filmlar orasidagi eng yirik global startlardan birini namoyish qilgan.

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatiga qo‘yiladigan barcha majburiy talablar yagona Majburiy talablar reyestriga kiritiladi. Reyestrga kiritilmagan talabni bajarmagan tadbirkor javobgarlikka tortilmaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarda belgilangan barcha majburiy talablar davlat tomonidan maxsus reyestrga kiritiladi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari chiqdi

17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari e’lon qilinmoqda. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda.

Muddatli to‘lov xizmatlarida mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish majburiy bo‘ladi

Muddatli to‘lov xizmatlari muddati 12 oydan oshmaydi
Rasm SI

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar mijozlarni axborot texnologiyalari orqali raqamli identifikatsiya va verifikatsiyadan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ular mijozning qarz yukini hisobga olishi va kredit byurolari bilan ma’lumot almashishi shart etib belgilandi.

Muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangi talablarga ko‘ra, ushbu bozorda ishlayotgan operatorlar Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha prudensial normativ hamda talablariga rioya qilishi lozim.

Prezident Xorazmda: Urganch aeroporti 264 mln dollarga yangilanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

17-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportidagi ta’mirlash ishlari bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Urganch xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasiga jami 264 mln dollar investitsiya kiritilmoqda. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Xususiy hamkor sifatida Janubiy Koreyaning «Incheon International Airport Corporation» kompaniyasi jalb etilgan.

Chevrolet Damas avtomobilining narxi pasaydi

Chevrolet Damas avtomobilining narxi pasaydi
Manba: Auto.ru

UzAuto Motors tomonidan Chevrolet Damas avtomobillari uchun maxsus chegirma aksiyasi e’lon qilindi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.

Aksiya doirasida modelni 78 156 000 so‘mdan xarid qilish mumkin, chegirma miqdori esa 15 mln so‘mgacha yetadi. Taklif 2026-yil 10-sentabr kuni ham amal qilgan holda shu sanagacha davom etadi. Chevrolet’ning rasmiy saytida ham Damas’ning eng arzon versiyasi ayni paytda 78,156 mln so‘mdan taklif etilmoqda.

Ronalduning oilasi uning Jorjina bilan to‘yini atigi 30 soniya oldin bilgan — OAV

Ronalduning oilasi uning Jorjina bilan to‘yini atigi 30 soniya oldin bilgan — OAV
Foto: X

Krishtianu Ronalduning onasi va aka-ukalari futbolchining Jorjina Rodriges bilan nikoh marosimi haqida deyarli tadbir boshlanishi arafasida xabar topgan bo‘lishi mumkin. Portugaliyalik teleboshlovchi Kristina Ferreyraning aytishicha, Ronalduning yaqinlari to‘y haqida «30 soniya oldin» bilgan yoki umuman oldindan xabardor qilinmagan. Bu haqda Marca yozdi.

Juftlik nikoh marosimini Portugaliyaning Kaskays shahridagi Quinta da Marinha hududida maksimal darajada yopiq tarzda o‘tkazgan. Tadbirga juda tor doiradagi mehmonlar taklif qilingan.

O‘zbekistonda telefon importi keskin oshdi. Qaysi davlat yetakchi

O‘zbekistonga mobil telefon importi 2026-yilning yanvar – iyun oylarida sezilarli darajada oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olti oyda mamlakatga 2,35 mln dona mobil telefon olib kirilgan.

Import geografiyasida Xitoy va Vyetnam yetakchilikni saqlab qolgan. Biroq ayrim davlatlardan yetkazib berish sur’atlari sezilarli darajada farq qilgan.

Shuningdek