Krishtianu Ronaldu Toshkentga keladi

eʼlon qilindi
«Paxtakor» liga bosqichida «An-Nasr»dan tashqari «Istiqlol», «Al Ahli», «Al Fors», «Traktor» va «Al Hilol» klublariga qarshi ham o‘ynaydi
Foto: independent.co.uk

Toshkentning «Paxtakor» klubi yangi mavsumda Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan «An-Nasr»ni Toshkentda qabul qiladi. Ikki jamoa 2026/2027-yilgi Osiyo Elit chempionlar ligasining liga bosqichida o‘zaro bahs olib boradi.

«An-Nasr» «Paxtakor»ga qarshi

18 avgust kuni Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan qur’a natijasiga ko‘ra, «Paxtakor» G‘arb mintaqasining liga bosqichida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eng e’tiborli jihati uchrashuv Toshkentda o‘tkaziladi. Shu sababli Ronaldu O‘zbekiston poytaxtida rasmiy o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bahsning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

«Paxtakor» yana kimlar bilan o‘ynaydi

«Paxtakor» liga bosqichida «An-Nasr»dan tashqari «Istiqlol», «Al Ahli», «Al Fors», «Traktor» va «Al Hilol» klublariga qarshi ham o‘ynaydi.

Toshkent klubi 11 avgust kuni Elit OCHLning asosiy bosqichiga yo‘llanma olgandi. «Paxtakor» saralash bahsida Iordaniyaning «Al-Husayn» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Dostonbek Hamdamov dubl qayd etgan, Bashar Resan esa yana bir gol urgan.

Avvalroq Ronaldu 2026/27-yilgi mavsum professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek