O‘zbekistonda qancha «yetmishvoy»lar tug‘ildi

eʼlon qilindi
60 – 69 yoshdagilar esa 249 ta tug‘ilishda qayd etilgan
Foto: Kosmo.com

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar – iyun oylarida 70 yosh va undan katta 29 nafar erkak ota bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Hisobot davrida mamlakatda jami 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan. Ularning aksariyatida otalar 25 – 39 yosh oralig‘ida bo‘lgan 309 182 ta tug‘ilish aynan shu yosh guruhiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lgan otalar 34 526 ta, 40 – 59 yoshdagilar 29 403 ta, 60 – 69 yoshdagilarda esa 249 ta tug‘ilish qayd etilgan.

2025-yilda 70 yoshdan oshgan 48 nafar erkak ota bo‘lgan

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotida 70 yoshdan oshgan 48 nafar erkak farzandli bo‘lgani qayd etilgan. O‘sha yili O‘zbekistonda jami 879 599 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan.

2025-yilda 60 yosh va undan kattalar guruhida jami 638 nafar erkak ota bo‘lgan. Shundan 48 nafari 70 yoshdan oshgan.

Shunday qilib, 2026-yilning dastlabki olti oyidayoq 70 yosh va undan katta otalar soni 29 nafarga yetgan.

2026-yilning birinchi yarmidagi 29 nafar 70 yosh va undan katta otalar jami tug‘ilishlarning taxminan 0,008 foizini tashkil qilgan. Ya’ni har 1 million tug‘ilish hisobiga qariyb 78 ta holatda ota 70 yosh yoki undan katta bo‘lgan.

Avvalroq Andijon shahrida shifokorlar ishtirokida o‘tkazilgan murakkab tug‘uruq jarayonida to‘rt nafar egizak chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek