Ronalduning izohi, Husanov Messi bilan — 18-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Футболисты
Foto: Emilio Garcia / Unplash

Ronalduning Messi postiga izohi, Husanov Messi bilan o‘ynaydi — 18-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Ronalduning Messi postiga yozgan izohi Instagram rekordini yangiladi

Ronalduning Messi postiga yozgan izohi Instagram rekordini yangiladi
Foto: Britaniya GQ

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning Lionel Messining Instagram’dagi postiga yozgan izohi platforma tarixidagi eng ko‘p layk to‘plagan kommentga aylandi. «Pravilmag» ma’lumotlariga ko‘ra, izohga 6,7 mln dan ortiq foydalanuvchi layk bosgan. Ronaldu bu izohni Messining otasi Xorxe Messining vafotidan keyin e’lon qilingan post ostida qoldirgan.

Dollarga talab oshmoqda, so‘m esa mustahkamlandi

Dollarga talab oshmoqda, so‘m esa mustahkamlandi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar – iyul oylarida xorijiy valyutaga talab sezilarli oshganiga qaramay, so‘m dollarga nisbatan qariyb 0,4 foizga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Yetti oyda yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga jami talabi $38,2 mlrdga, bozordagi taklif esa $33 mlrdga yetdi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, valyutaga talab o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 17,7 foiz, taklif esa 28 foiz oshgan. Natijada taklif talabga qaraganda tezroq o‘sgan.

Husanov Messi bilan o‘ynaydi: O‘zbekiston — Argentina bahsi qachon bo‘ladi

Husanov Messi bilan o‘ynaydi: O‘zbekiston — Argentina bahsi qachon bo‘ladi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki terma jamoa o‘rtasidagi bahs 30-sentabr kuni Xitoyda tashkil etiladi. Bu haqda Sports.kz Championat.asia’ga tayanib xabar berdi.

Dollar tushdi: 19-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar tushdi: 19-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

19-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Yevro kursida ham pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 61,71 so‘mga tushib, 13 684,48 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,27 so‘mga tushib, 139,05 so‘mni tashkil qildi.

Internetda inson mumiyolarini sotish boshlandi

Foto: 22century.ru

Mumiyolangan inson qoldiqlari internet orqali sotilayotgani va hatto oddiy pochta xizmatlari orqali yuborilayotgani ma’lum bo‘ldi. Olimlar bunday savdo sog‘liq uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Naked Science xabar berdi.

Buyuk Britaniya, Litva, Italiya va Avstraliya universitetlari tadqiqotchilari 2015 – 2025-yillarda ijtimoiy tarmoqlar, internet-do‘konlar va auksionlardagi inson mumiyolari haqidagi 122 ta e’lonni tahlil qilgan.

1-bosqich talabalar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi

Foto: UzA

2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turarjoyiga joylashish uchun ariza topshirishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turarjoyiga joylashish uchun ariza topshirishi mumkin. Xizmat 18-avgustdan ishga tushirildi.

Benzema ham O‘zbekistonga keladi

Foto: Assets.calciomercato.com

OFK Elit Chempionlar Ligasining yangi mavsumi qur’asiga ko’ra, Farg‘onaning «Neftchi» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi bilan Farg‘onada kuch sinashadi. Bu esa jahon futbolining  yulduzi – Karim Benzemaning O‘zbekistonga kelishi ehtimolini oshiradi.

Kichik biznes tekshiruvlariga uch yilga moratoriy e’lon qilindi

Kichik biznes tekshiruvlariga uch yilga moratoriy e’lon qilindi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini tekshirishga uch yil muddatga moratoriy joriy qilinadi. Cheklov inson salomatligi va boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlarga tatbiq etilmaydi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan muloqot davomida ma’lum qildi.

Davlat rahbari biznesga ma’muriy bosimni kamaytirish zarurligini ta’kidlab, iqtisodiyotni yashirin sektordan chiqarishda tekshiruvlarni ko‘paytirish emas, balki tadbirkorlarga to‘g‘ri ishlash yo‘lini ko‘rsatish muhimligini qayd etdi.

Turizm biznesiga yangi imtiyozlar: subsidiya, soliq va transport yengilliklari uzaytiriladi

Turizm biznesiga yangi imtiyozlar: subsidiya, soliq va transport yengilliklari uzaytiriladi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Mehmonxona va turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi. Mehmonxonalar uchun subsidiyalar va soliq yengilliklari uzaytiriladi, turistik transport olib kirishda bojxona hamda utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha imtiyozlar saqlab qolinadi. Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Prezident turizm sohasidagi islohotlarning aholi daromadlariga ta’sirini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda mehmonxona biznesi, turoperatorlar va turistik transport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qanday
Foto: depositphotos

17-avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,3 foizdan 21,4 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 23 foizni ko‘rsatmoqda.

Shuningdek