20-avgust kuni O‘zbekistonda 43 darajagacha issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi
17-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

20-avgust kuni O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Toshkentda 38 darajagacha

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 21–23 daraja, kunduzi esa 36–38 daraja issiq bo‘ladi.

Ayrim hududlarda 40 darajagacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzi 35–40 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 35–40 daraja issiq kuzatiladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat 34–39 daraja bo‘ladi.

Janubda issiq kuchayadi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 38–43 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunduzi 33–38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘larda 31 darajagacha

Respublikaning tog‘li hududlarida kunduzi havo harorati 26–31 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa keyingi issiqlik to‘lqiniga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek