Dollar yana tushdi: 20-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar kursi 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi
Dollar yana tushdi: 20-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

20-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 13-avgust kuni 58,63 so‘mga oshib, 11 948,58 so‘m, 14-avgust kuni 10,69 so‘mga tushib, 11 937,39 so‘m bo‘ldi. 17-avgust kuni 46,71 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 18-avgust kuni esa 33,83 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni va 19-avgust kuni yana 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursida ham o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 1,18 so‘mga oshib, 13 685,60 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,38 so‘mga tushib, 138,67 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 19-avgust kuni qaysi banklarda xorijiy valyutalarni ayirboshlash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek