Eron BAA tomon ikki raketa uchirdi, Dubay aholisi ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Eron tomoni esa hujum haqida hozircha izoh bermagan
Eron BAA tomon ikki raketa uchirdi, Dubay aholisi ogohlantirildi
Foto: AustralianCamera / Shutterstock

Birlashgan Arab Amirliklari Eron mamlakat tomon ikkita ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi. Raketalarning biri BAA hududiy suvlari ichida urib tushirilgan, ikkinchisi esa hududiy suvlar tashqarisida dengizga qulagan, deya xabar berdi Bloomberg.

BAA Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan ikki ballistik raketa mamlakat hududiga yetib kelmagan.

Dubay aholisi raketa xavfi haqida ogohlantirildi

Raketa uchirilgani haqidagi xabar ortidan Dubay aholisi mobil telefonlar orqali xavf haqida ogohlantirish olgan.

Keyinchalik mahalliy rasmiylar tahdid BAA havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida bartaraf etilganini ma’lum qilgan. Eron tomoni esa hujum haqida hozircha izoh bermagan.

Bu may oyidan beri ilk raketa hujumi bo‘ldi

Ma’lumotga ko‘ra, bu Eronning BAAga may oyidan beri amalga oshirgan ilk ma’lum raketa hujumi bo‘ldi. May oyida BAA Mudofaa vazirligi Eron mamlakat tomon 15 ta raketa va to‘rtta dron uchirganini bildirgan edi.

O‘sha oyning oxirida BAA rasmiylari mamlakatdagi atom elektr stansiyasiga dron orqali hujum qilishga urinish bo‘lganini ham ma’lum qilgan.

Hujumdan oldin kemalarga zarbalar berilgan

18-avgustdagi raketa hujumidan oldin Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Abu Dhabi National Oil Co. kompaniyasiga tegishli kemalarga zarbalar berilgani qayd etilgan.

BAAning WAM davlat agentligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan payshanba kuni bo‘g‘ozdan o‘tishga uringan ikki kema, juma oqshomida esa yana bir kema hujumga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Erondan 50 yillik zarar uchun tovon talab qilgani haqida xabar berilgandi. Bu talab Tehron bilan Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha muzokaralarni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Shuningdek