Husanov yangi mavsumni asosiy tarkibda boshlaydimi

eʼlon qilindi
Tahlilchilar «Manchester Siti»ning yangi mavsumdagi tarkibini e’lon qildi
Foto: Mancity.com

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yangi mavsumdagi ilk Premyer-liga uchrashuvida asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. ESPN 2026/2027-yilgi mavsumning 1-tur uchrashuvlari uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.

Husanov uchun muhim imkoniyat

ESPN tahlilchisi «Manchester Siti»da yangi bosh murabbiy Enzo Mareska qo‘l ostida asosiy tarkib uchun kurash qaytadan boshlanganini yozdi.

«Manchester Siti»da bir nechta pozitsiyada futbolchilarning kim asosiy tarkibda maydonga tushishi hali aniq emas. Himoyadagi variantlardan biri sifatida esa Husanov ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonlik futbolchi yaqinda «Arsenal»ga qarshi Community Shield uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Manchester Siti» 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahsda Husanov jamoaning o‘ng qanot himoyasida harakat qildi.

ESPN Husanovni asosiy tarkibga kiritdi

ESPNning 1-tur uchun tuzgan taxminiy tarkibida darvozada Gianluigi Donnarumma, hujumda esa Erling Holand bor. Yarim himoyada esa «Manchester Siti»ning yangi transferi Elliot Anderson mavjud. Himoya chizig‘ida esa Abduqodir Husanovning nomi qayd etilgan.

Foto: ESPN portali

Bu Husanov uchun yangi mavsum oldidan muhim signal. Yangi murabbiy Mareska jamoani shakllantirar ekan, o‘zbekistonlik himoyachini asosiy tarkib uchun favoritlardan sanamoqda.

Avvalroq UEFA litsenziyasiga ega murabbiylar tahlilini e’lon qiladigan nashr o‘zbekistonlik futbolchini «Arsenal»ga qarshi o‘yinda asosiy  dastlabki ikki golga asosiy aybdorlardan biri sifatida ko‘rsatgan edi.

Shuningdek