Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
@noqonuniy_qurilish_bot
1991-yilgacha qurilgan barcha uylar buziladimi?
Foto: ChatGPT

Toshkent aholisi endi poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida maxsus Telegram-bot orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining me’moriy qiyofasini saqlash, shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida «Noqonuniy qurilish» maxsus Telegram-boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali fuqarolar poytaxt hududida shaharsozlik qoidalariga zid ravishda amalga oshirilayotgan qurilishlar haqida ma’lumot yuborishi mumkin.

Qaysi holatlar haqida xabar berish mumkin

Fuqarolardan ko‘p qavatli uylar atrofida, bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, yashil hududlar va boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish obyektlariga duch kelgan taqdirda, bu haqda bot orqali xabar berish so‘ralmoqda.

Buning uchun @noqonuniy_qurilish_bot Telegram-botidan foydalanish mumkin.

Aholi jamoatchilik nazoratiga chaqirildi

Bosh prokuratura Toshkent aholisi va mahalla faollarini shahar hududidan oqilona foydalanish, uning me’moriy qiyofasini asrash hamda noqonuniy qurilishlarning oldini olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Maxsus bot jamoatchilikdan kelib tushadigan ma’lumotlar orqali noqonuniy qurilish holatlarini tezkor aniqlash va ularga munosabat bildirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik quruvchilar uchun Serbiyada 120 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek