Ronaldu Toshkentga qachon kelishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Al-Nasr» klubi 2-noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi
Ronaldu Toshkentga qachon keladi
Foto: Futbol

Krishtianu Ronaldu o‘ynaydigan Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi 2-noyabr kuni Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi. Agar portugaliyalik yulduz safar tarkibiga kiritilsa, u shu kuni O‘zbekistonga kelishi mumkin.

«Paxtakor»ning Osiyo Elit chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi 4-tur doirasida o‘z maydonida «Al-Nasr»ni qabul qiladi. Shu tariqa Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga ehtimoliy navbatdagi tashrifi sanasi ham ma’lum bo‘ldi.

Foto: Paxtakor FK

Ronalduning ishtiroki hozircha tasdiqlanmagan

«Al-Nasr» Toshkentga kelishi aniq bo‘lsa-da, Ronalduning aynan ushbu uchrashuvda maydonga tushishi hozircha rasman tasdiqlanmadi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi «Al-Nasr»ning  «Al-Diriya»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushmagan edi. Uchrashuvni u VIP tribunadan kuzatgan.

Ronaldu Toshkentga avval ham kelgan

Agar Ronaldu 2-noyabr kuni Toshkentga kelsa, bu uning O‘zbekiston poytaxtiga navbatdagi tashrifi bo‘ladi. Futbolchi bundan oldin, 2009-yil 22-dekabrda ham Toshkentga kelgan edi.

2026-yilgi Jahon chempionatida esa Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida O‘zbekiston bilan o‘yinda maydonga tushgan. Uchrashuv davomida u o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan ham qisqa suhbatlashgan edi.

Shuningdek