Dollar oshdi: 21-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar kursi 52,28 so‘mga oshdi
Dollar hamon 12 ming so‘mdan past: 22-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

21-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 52,28 so‘mga oshib, 11 847,16 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 14-avgust kuni 10,69 so‘mga tushib, 11 937,39 so‘m bo‘ldi. 17-avgust kuni 46,71 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 18-avgust kuni esa 33,83 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 19-avgust kuni 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni va 20-avgust kuni yana 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. 

Yevro kursida ham o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 157,81 so‘mga oshib, 13 843,41 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 2,77 so‘mga oshib, 141,44 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 19-avgust kuni qaysi banklarda xorijiy valyutalarni ayirboshlash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek