O‘zbekistonliklar sovrini $20 minglik xalqaro shaxmat turnirida ishtirok etmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashmoqda
Foto: O’zbekiston shaxmat federatsiyasi

Turkiyaning Urgup shahrida 17 – 23-avgust kunlari 2nd Kapadokya International Open Chess Tournament xalqaro shaxmat turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada 22 mamlakatdan 687 nafar shaxmatchi, jumladan, O‘zbekistondan 9 nafar sportchi qatnashmoqda. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar dastlabki turlarda

Turnirning dastlabki ikki turidan so‘ng «A» guruhida Almas Raxmatullayev 2 ochko jamg‘arib, yetakchilar safidan joy oldi.

Sayidakbar Saidaliev va Muhammadali Abdurahmonov hisobida 1,5 ochkodan bor. Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova va Zilola Aktamova esa dastlabki ikki turdan keyin 1 ochkodan jamg‘argan.

«B» guruhida Mumtozbegim Mansurova 2 ochko bilan yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. Ozoda Shahzodova esa 1 ochko jamg‘argan.

O‘zbekiston sharafini 9 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Sayidakbar Saidaliev, Almas Raxmatullayev, Muhammadali Abdurahmonov, Mumtozbegim Mansurova, Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova, Shohina Axmedova, Ozoda Shahzodova hamda Zilola Aktamova ishtirok etmoqda.

Turnir 23 avgust kuni yakunlanadi. Shu vaqtgacha shaxmatchilar yana bir qator turlarda bahs olib boradi va yakuniy natijalar aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, 2nd Kapadokya International Open Chess Tournament musobaqasining umumiy pul mukofot jamg‘armasi 1 mln turk lirasini tashkil etadi. Bu taxminan 20,9 ming AQSh dollariga teng.

Bundan tashqari, har bir kategoriyada dastlabki uch o‘rinni egallagan shaxmatchilarga Kapadokyada issiq havo sharida sayohat qilish imkoniyati beriladi. Kategoriyalarida eng yaxshi natijani qayd etgan sportchilar esa ikki kishilik, ikki kechalik kaya-otelda yashash bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarov FIDE Circuit reytingida 1-o‘ringa chiqqani haqida xabar berilgandi. U 75,28 ochko bilan o‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovni ortda qoldirdi.

Shuningdek