
Samsung Galaxy A57 modelini yaqinda taqdim etgan bo‘lsa-da, kompaniya uning davomchisi Galaxy A58 ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Sammobile’ga ko‘ra, smartfon GSMA IMEI bazasida SM-A5860 model raqami bilan paydo bo‘lgan.
Bazadagi yozuvda qurilmaning ishlab chiqaruvchisi Samsung Korea, bozor nomi esa Galaxy A58 5G deb ko‘rsatilgan.
Hozircha ushbu baza smartfonning texnik xususiyatlarini oshkor qilmagan.

Taqdimot 2027-yil boshida bo‘lishi mumkin
Samsung odatda Galaxy A5x seriyasini yil boshida yangilaydi. Shu sababli Galaxy A58 taqdimoti 2027-yilning birinchi choragida bo‘lishi mumkin.
Biroq kompaniya hozircha smartfonning rasmiy taqdimot sanasi yoki texnik xususiyatlarini e’lon qilmagan.
Yana bir yangi Galaxy Xcover modeli aniqlandi

GSMA IMEI bazasida Samsung’ning yana bir noma’lum qurilmasi Galaxy Xcover FR ham paydo bo‘lgan.
U SM-G778B model raqamiga ega. Xcover nomi ushbu qurilma Samsung’ning himoyalangan smartfonlar turkumiga kirishini ko‘rsatadi. Galaxy Xcover FR’ning texnik xususiyatlari ham hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 FE yetti xil versiyada chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Qurilma uch xil rang va kamida ikki xil xotira variantida taqdim etilishi kutilmoqda.