Sobiq «bankir» Bo‘kaga hokim bo‘ldi

eʼlon qilindi
U shu vaqtgacha «Agrobank» ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Murod Ilhomovich Abdazimov Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘kaga yangi hokim

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Murod Abdazimov hokim etib tasdiqlandi

Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda «Agrobank» ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Murod Ilhomovich Abdazimov nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi Murod Abdazimov nomzodini qo‘llab-quvvatlab, uni tuman hokimi etib tasdiqladi.

Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tdi

Bungacha Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isoqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi.

Avvalroq Xorazm viloyatining Gurlan tumani hokimi lavozimiga Odilbek Sadullayevich Ortiqov tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek