22 – 23-avgustda yetti viloyatda sel xavfi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Hududlarni suv bosish xavfi ham mavjud
O‘zbekistonda 20–22-iyun kunlari sel va suv toshqini kuzatiladi
Foto: Gidrometeorologiya xizmati

22 – 23-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning bir qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosish xavfi ham mavjud.

Sel xavfi qaysi hududlarda yuqori

Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Surxondaryo viloyatida Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelishi ehtimoli mavjud.

Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel hamda suv toshqinlari xavfi bor.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘ona viloyatida esa So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida shunday hodisalar yuz berishi mumkin.

Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida sel-suv toshqinlari ehtimoli mavjud.

Aholidan ehtiyotkor bo‘lish so‘raldi

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanadigan haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Yog‘ingarchilik vaqtida soy va daryolar bo‘yida, pastqam joylarda hamda sel kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda bo‘lmaslik tavsiya etiladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida ayrim joylarni suv bosishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa qit’asining katta qismida yoz boshidan beri uchinchi kuchli issiq to‘lqini kuzatilayotgani haqida xabar berilgandi. DW xabariga ko‘ra, bir qator davlatlar keyingi issiqlik to‘lqiniga tayyorlanmoqda.

Shuningdek