Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumda o‘qishni davom ettirishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilandi
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat «Mening maktabim»
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

10-sinf o‘quvchilarining umumiy o‘rta ta’lim maktabidan texnikumga o‘qishini ko‘chirish tartibi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilandi.

Yagona tartib joriy etiladi

450-son qaror bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha yagona tartib belgilanadi.

Arizalar elektron shaklda topshiriladi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshirish mumkin bo‘ladi.

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning ham yagona tartibi joriy etiladi.

Jarayon raqamlashtiriladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur xizmatlarni YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratilishi belgilangan.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarni davlat organlaridan elektron shaklda olish yo‘lga qo‘yiladi.

Ortiqcha byurokratiya kamayadi

Yangi tartib natijasida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bilan bog‘liq xizmatlar raqamlashtirilib, fuqarolarning murojaat qilish jarayoni soddalashtiriladi. Bu esa ortiqcha hujjatbozlik va byurokratik jarayonlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek