Qiziqchi Shukurullo Isroilov yangi ishga o‘tdi
eʼlon qilindi
Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Aktyor va san’atkor Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu ma’lumotni uning administratori Kursiv Uzbekistan’ga tasdiqladi.
Shukurullo Isroilov haqida
Shukurullo Isroilov 1970-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Musiqa maktabida rubob yo‘nalishida tahsil olgan.
Keyinchalik Toshkent davlat madaniyat va san’at institutining teatr fakultetini, shuningdek Sharqshunoslik institutining xalqaro fakultetini tamomlagan.
Ijodiy faoliyatini 1982-yilda boshlagan
Isroilov ijodiy faoliyatini 1982-yilda boshlagan. U ko‘p yillar davomida «Mirzo» hajvchilar teatrida faoliyat yuritib, jamoaning taniqli vakillaridan biriga aylangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Timur Ismoilov IIV vaziriga o‘rinbosar bo‘lgani haqida yozgandi.