«Bu safar turli yo‘nalishlarga» — Bibisara Asaubayeva Javohir Sindarov bilan xayrlashdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Asaubayeva Javohir Sindarov bilan xayrlashgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi
Foto: Instagram

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva AQShdan jo‘nab ketayotganda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan xayrlashgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Har ikki shaxmatchi avgust oyida Sent-Luisda o‘tkazilgan yirik turnirlarda uchinchi o‘rinni egallagan.

Asaubayeva Telegram kanalida AQShdan uchib ketish jarayonidan bir nechta suratlarni joylashtirdi. Kadrlardan birida u va Javohir Sindarov taksida qo‘l ushlashib ketayotgani, yana bir suratda esa aeroport terminalida xayrlashayotgani ko‘rinadi.

Foto: Telegram

«Bu safar turli yo‘nalishlarga», – deya izoh qoldirdi Asaubayeva.

Foto: Telegram

Ikkalasi ham Sent-Luisda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Avgust oyida AQShning Sent-Luis shahrida bir vaqtning o‘zida ikkita yirik shaxmat turniri o‘tkazildi.

Bibisara Asaubayeva Cairns Cup 2026 ayollar superturnirida qatnashib, yakunda uchinchi o‘rinni egalladi. Javohir Sindarov esa Sinquefield Cup 2026 musobaqasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Sindarov shu oyda Sent-Luisda o‘tkazilgan Grand Chess Tour bosqichi – Saint Louis Rapid & Blitz 2026 turnirida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Sindarovning navbatdagi turniri Hindistonda bo‘ladi

Javohir Sindarov jahon toji uchun kim bilan bahslashadi
Foto: Sindarov/ Instagram

Javohir Sindarovning navbatdagi musobaqasi 3 – 13-sentabr kunlari Hindistonning Bangalor shahrida o‘tkaziladigan Global Chess League 2026 bo‘ladi.

U turnirda FYERS American Gambits jamoasiga yetakchilik qiladi.

Bibisara Asaubayeva esa Fransiyaga yo‘l oldi. U Sen-Tropeda o‘tkaziladigan WR Women’s Chess Tour seriyasining to‘rtinchi bosqichida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asaubayeva sentabr oyida O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi. U 15 – 27 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida Qozog‘iston terma jamoasi safida ishtirok etadi.

Shuningdek