Magnus Karlsen Samarqandga keladimi

eʼlon qilindi
Norvegiya uch nafar yetakchisiz qoladi
Magnus Karlsen Samarqandga keladimi
Foto: SameLeiren Wiki

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen 2026-yil 15 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-jahon shaxmat olimpiadasi bo‘yicha qaror qildi. Unga ko‘ra, jahon reytingi yetakchisi Norvegiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi.

Karlsen bilan birga Aryan Tari va Yon Lyudvig Hammer ham Norvegiya terma jamoasi safida bo‘lmaydi. Uch nafar kuchli shaxmatchining yo‘qligi sabab Norvegiya Olimpiada oldidan tuzilgan boshlang‘ich reytingda 21-o‘ringa tushdi.

Karlsen so‘nggi o‘nta shaxmat olimpiadasining sakkiztasida qatnashgan. U 2022 va 2024-yillardagi musobaqalarda birinchi doskada o‘ynab, bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Boshqa mashhur shaxmatchilar ham qatnashmaydi

Samarqanddagi Olimpiadani yana bir qator taniqli grossmeysterlar ham o‘tkazib yuboradi.

Fransiya terma jamoasi safida Alireza Firuzja, AQSh tarkibida Hikaru Nakamura, Ozarbayjon jamoasida esa Teymur Rajabov bo‘lmaydi.

O‘zbekiston favoritlar qatorida

46-jahon shaxmat olimpiadasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar qatorida Hindiston, AQSh va O‘zbekiston terma jamoalari ko‘rsatilmoqda. Musobaqa 15 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisara Asaubayeva sentabr oyida O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi. U 15 – 27 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida Qozog‘iston terma jamoasi safida ishtirok etadi.

Shuningdek