OTMlardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi, Magnus Karlsen Samarqandga keladimi — 22-avgust yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Foto: depositphotos.com

OTMlardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi, Magnus Karlsen Samarqandga keladimi – 22-avgust yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: Depositphotos

22 – 23-avgust kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:

Agrobank
APEX BANK
O’zmilliybank
Tenge Bank
Hamkorbank
ANOR BANK
Garant bank
HAYOT BANK
O’zsanoatqurilishbank
Trastbank
Ipoteka-bank
InFinBank
Biznesni rivojlantirish banki
Ipak Yo’li bank
Xalq bank
Orient Finans bank
Saderat bank
Mikrokreditbank
Asakabank
ASIA ALLIANCE BANK
Kapitalbank
Turonbank
Universalbank

«Bu safar turli yo‘nalishlarga» — Bibisara Asaubayeva Javohir Sindarov bilan xayrlashdi

Foto: Instagram

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva AQShdan jo‘nab ketayotganda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan xayrlashgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Har ikki shaxmatchi avgust oyida Sent-Luisda o‘tkazilgan yirik turnirlarda uchinchi o‘rinni egallagan.

Asaubayeva Telegram kanalida AQShdan uchib ketish jarayonidan bir nechta suratlarni joylashtirdi. Kadrlardan birida u va Javohir Sindarov taksida qo‘l ushlashib ketayotgani, yana bir suratda esa aeroport terminalida xayrlashayotgani ko‘rinadi.

«Tashabbusli budjet»da ovoz berish boshlandi

«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

«Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 31-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Fuqarolar «Ochiq budjet» portalining veb-sahifasi, portalning Android va iOS mobil ilovalari orqali ovoz berishi mumkin. Shuningdek, ovoz berish uchun Telegramdagi rasmiy botdan ham foydalanish mumkin.

OTMlardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi

41 foiz abituriyent o‘tish ballini yig‘a olmadi
Foto: Facebook

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi.

Texnikum rahbarlariga menejerlik sertifikati berish tartibi belgilandi

Texnikum ochish uchun 20 dan ortiq litsenziya talabi bekor qilinadi
Foto: O‘zA

O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan rahbarlarga davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron shaklda beriladi. Hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va QR-kodga ega bo‘ladi. Direktorlar va ularning o‘rinbosarlari maxsus portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘quv kursida qatnashish uchun ariza topshiradi.

Javohir Sindarov FIDE Circuit reytingida yetakchilikka chiqdi

Javohir Sindarov Ruminiyadagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Grand Chess Tour

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov FIDE Circuit’ning yangilangan oraliq reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 20 yoshli shaxmatchi 93,89 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisini qariyb 19 ochkoga ortda qoldirdi.

Yangilangan reytingda ikkinchi o‘rinni AQSh vakili Uesli So 75,35 ochko bilan egallab turibdi. Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 65,64 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Magnus Karlsen Samarqandga keladimi

Magnus Karlsen Samarqandga keladimi
Foto: SameLeiren Wiki

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen 2026-yil 15 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-jahon shaxmat olimpiadasi bo‘yicha qaror qildi. Unga ko‘ra, jahon reytingi yetakchisi Norvegiya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi.

Karlsen bilan birga Aryan Tari va Yon Lyudvig Hammer ham Norvegiya terma jamoasi safida bo‘lmaydi. Uch nafar kuchli shaxmatchining yo‘qligi sabab Norvegiya Olimpiada oldidan tuzilgan boshlang‘ich reytingda 21-o‘ringa tushdi.

10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi

Yangi tashkil etilgan Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boshlanadi
Foto: Bilimni baholash agentligi

O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, maktablarning 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha arizalar esa har yili 28-dekabrdan 17-yanvargacha qabul qilinadi. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali yuboriladi.

Dollar hafta davomida qanchaga tushdi

Dollar hafta davomida qanchaga tushdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi 17 – 21-avgust kunlari asosan pasayish yo‘nalishida harakat qildi. AQSh valyutasi ketma-ket to‘rt kun arzonlab, 20-avgust kuni 11 794,88 so‘mgacha tushdi.

To‘rt kunlik pasayishdan keyin 21-avgust kuni dollar yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi bir kunning o‘zida 52,28 so‘mga qimmatlashib, 11 847,16 so‘mga yetdi. Bu 17 – 21-avgust oralig‘idagi yagona o‘sish kuni va davr ichidagi eng katta bir kunlik o‘zgarish bo‘ldi.

Yangi Chevrolet Traverse Z71 taqdim etildi —foto

Yangi Chevrolet Traverse Z71 taqdim etildi —foto
Foto: GM Authority

General Motors Ekvadorda 2027-yilgi Chevrolet Traverse Z71 krossoverini rasman namoyish qildi, deya xabar berdi GM Authority. Model 2026-yilgi Guayakil avtosalonida taqdim etildi va yaqin haftalarda mamlakat bozorida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Yangi Chevrolet Traverse Z71 Ekvadorda Chevrolet brendining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida namoyish qilindi.

Shuningdek