Xiaomi ishlatilgan smartfonlar uchun kafolat qoidalarini o‘zgartirdi

24-avgust 2026 14:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi ishlatilgan smartfonlar uchun kafolat qoidalarini o‘zgartirdi
Foto: Grok SI

Xiaomi mobil qurilmalar uchun sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish qoidalarini yangiladi. IT Home yozishicha, endilikda ishlatilgan, qayta sotilgan yoki avval tiklangan smartfonlarga amaldagi kafolat avtomatik ravishda bepul xizmat olish huquqini bermaydi.

Qaysi qurilmalar ishlatilgan hisoblanadi

Kompaniya xarid qilingan paytda yangi bo‘lmagan, ikkilamchi bozordan sotib olingan yoki avval qayta tiklangan qurilmalarni ishlatilgan mahsulotlar toifasiga kiritadi.

Shu sababli smartfonda kafolat muddati hali tugamagan bo‘lsa ham, u boshqa odamga qayta sotilganidan keyin bepul kafolat xizmatidan foydalanish mumkin bo‘lmasligi mumkin.

Qo‘shimcha xizmatlarga ham cheklov qo‘yildi

Yangi qoidalar faqat standart kafolatga emas, ayrim qo‘shimcha xizmat dasturlariga ham tatbiq etiladi.

Xususan, «faqat almashtirish» va «batareyani himoya qilish» dasturlaridan ham smartfon qayta sotilgan, sovg‘a qilingan yoki boshqa shaxsga berilganidan keyin foydalanib bo‘lmaydi.

Shunday qilib, Xiaomi’da kafolat hamda ayrim servis xizmatlari endi nafaqat qurilmaning kafolat muddati, balki uning kim tomonidan va qanday holatda xarid qilinganiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Redmi M100 smartfonini taqdim etgani haqida xabar berilgandi. Qurilma 7900 mA/soat sig‘imli batareya, 6,9 dyuymli 120 Gts ekran va Snapdragon 4 Gen 5 protsessoriga ega. Boshlang‘ich narxi $265 etib belgilangan.

Shuningdek