Nokia va Oppo noodatiy keng ekranli smartfonlar ustida ishlamoqda

eʼlon qilindi
Keng ekranli smartfonlar yo‘nalishida birinchilardan bo‘lib Huawei harakat qilgan
Nokia va Oppo noodatiy keng ekranli smartfonlar ustida ishlamoqda
Rasm Grok yordamida tayyorlandi

Smartfon bozorida odatiy ekran formatidan voz kechish tendensiyasi kuchaymoqda. Endilikda Nokia va Oppo ham keng displeyli, noodatiy shakldagi smartfonlarni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlamoqda.

Bu haqda insayder Digital Chat Station ma’lum qilgan. Uning xabariga ko‘ra, Huawei’dan tashqari Nokia va Oppo ham yangi form-faktorli qurilmalar ustida ishlamoqda. Biroq kompaniyalar kelajakdagi smartfonlarning yakuniy dizaynini hali tasdiqlamagan.

Huawei yangi formatga yo‘l ochdi

Keng ekranli smartfonlar yo‘nalishida birinchilardan bo‘lib Huawei harakat qilgan. Kompaniya Pura X View nomli noodatiy monoblok smartfonini taqdim etgan.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi format odatiy flagman smartfonlarga nisbatan portret holatida internetdan foydalanishda ekran maydonini 21 foizga, video tomosha qilishda esa 16 foizga oshiradi.

Boshqa kompaniyalar xaridorlar reaksiyasini kutmoqda

Hozircha ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchilari bunday formatning istiqbolini baholamoqda. Ularning ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish qarori, avvalo, dastlabki keng ekranli smartfonlarga xaridorlarning munosabatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Agar yangi format foydalanuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinsa, yaqin yillarda keng ekranli smartfonlar bozorda alohida yo‘nalishga aylanishi ehtimoli bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yil oxirigacha 10 ga yaqin Nokia tugmali telefoni chiqarilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek