O‘zbekistonda kichik GESlar qurilishi kengaytiriladi

eʼlon qilindi
GES
Yashil energetika uchun kadrlar tayyorlanadi
Suvdan elektrga: O‘zbekistonda kichik GESlar qurilishi kengaytiriladi
Foto: Upl.uz

O‘zbekistonda kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda prezident qarorida belgilangan.

Raqamli platforma ishga tushiriladi

Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-fevralgacha kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish, foydalanishga topshirish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish uchun yagona raqamli platforma ishlab chiqiladi.

GESlarni loyihalash, qurish va ishlatishda atrof-muhit hamda ijtimoiy talablarga majburiy ravishda rioya qilinadi.

Elektr energiyasi tarifi auksion orqali belgilanadi

Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan kichik va mikro GESlarni qurish loyihalari uchun E-auksion platformasida elektron auksionlar o‘tkaziladi.

Unda elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha boshlang‘ich va eng past tariflar belgilanadi. Tariflar II guruh iste’molchilari uchun belgilangan narxlarga nisbatan quyidagicha bo‘ladi:

GES quvvatiBoshlang‘ich narxEng past narx
500 kVtgacha150 foiz50 foiz
500 kVtdan 2 MVtgacha120 foiz40 foiz
2 MVtdan 5 MVtgacha100 foiz30 foiz

Yashil energetika uchun kadrlar tayyorlanadi

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab kichik quvvatli yashil energetika, jumladan, kichik gidroenergetika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim tizimi asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash nazarda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri 2026-yilda O‘zbekistonda 13 ta GES ishga tushirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek