Termizda 30 ta yangi avtobus yo‘nalishga chiqarildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi loyiha amalga oshirildi. Shaharda 30 ta yangi zamonaviy avtobus yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Yangi avtobuslar «Universal elektrotexnik servis» MChJ tomonidan xarid qilingan Zongtong rusumidagi transport vositalaridir. Ular shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.





Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yangi avtobuslar aholiga yanada qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Qaysi yo‘nalishlarda qatnaydi




Yangi avtobuslar dastlab ikkita yo‘nalishda harakatlanadi:
- ShI-1: Temir yo‘l vokzali – Pattakesar mahallasi;
- ShI-5: Istiqlol maydoni – Taxta bozori – Manguzar masjidi – Temir yo‘l vokzali – Istiqlol maydoni. Mazkur yo‘nalish aylanma shaklda tashkil etilgan.
Yangi avtobuslarning yo‘nalishga chiqarilishi Termiz shahrida jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini yaxshiroq ta’minlashga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtobuslarda chiptasiz yurganlar uchun jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkinligi haqida yozgandi.