27-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi
Ob-havo
Foto: Depositphotos

27-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, kunduzgi harorat hududlarga qarab 32–40 daraja, kechasi esa 16–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Janubda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi esa 35–40 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 32–37 darajani tashkil etadi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda 38 darajagacha issiq bo‘ladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzgi harorat 33–38 daraja, kechasi 18–23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 33–38 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda 35–37 daraja bo‘ladi

Toshkent shahrida 27-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–19 daraja, kunduzi 35–37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa keyingi issiqlik to‘lqiniga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek