Dollar oshdi: 27-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

27-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 45,17 so‘mga oshib, 11 823,69 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 20-avgust kuni yana 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. 21-avgust kuni esa kurs 52,28 so‘mga oshib, 11 847,16 so‘mni, 24-avgust kuni yana 6,39 so‘mga oshib, 11 853,55 so‘mni qayd etdi. Ammo 25-avgustda kurs yana 35,48 so‘mga tushib, 11 818,07 so‘mni, 26-avgust kuni 39,55 so‘mga tushib, 11 778,52 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 63,31 so‘mga oshib, 13 797,06 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,78 so‘mga tushib, 139,74 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 26-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.