Samsung Galaxy S26 seriyasi uchun avgust yangilanishi chiqdi

26-avgust 2026 21:10 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 seriyasi uchun avgust yangilanishi chiqdi
Foto: SamMobile

Samsung kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlari – Galaxy S26, Galaxy S26+ va Galaxy S26 Ultra uchun avgust oyiga mo‘ljallangan xavfsizlik yangilanishini tarqata boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

56 ta xavfsizlik muammosi tuzatildi

Yangi dasturiy ta’minot smartfonlardagi jami 56 ta xavfsizlik zaifligini bartaraf etishga qaratilgan. Yangilanish hozircha birinchi navbatda Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilarga yetib bormoqda.

Samsung odatda oylik xavfsizlik yangilanishlarini oyning boshlarida taqdim etadi. Biroq bu safar avgust yangilanishi oyning oxiriga kelib chiqdi. Kompaniya yaqin kunlarda yangilanishni boshqa mamlakat va hududlardagi qurilmalarga ham tarqatishi kutilmoqda.

One UI 8.5 foydalanuvchilari uchun

Yangilanish One UI 8.5 asosida ishlayotgan Galaxy S26 seriyasiga mo‘ljallangan. Foydalanuvchilarga tizim xavfsizligini yaxshilash uchun yangi versiyani o‘rnatish tavsiya etiladi.

Ayni paytda Android 17 asosidagi One UI 9.0 beta dasturida qatnashayotganlar esa ushbu yangilanishni alohida o‘rnatishlari shart emas. Avgust oyidagi xavfsizlik tuzatishlari One UI 9.0 ning avval chiqarilgan oltinchi beta-versiyasiga allaqachon kiritilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S27 Ultra dizayni keskin o‘zgarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek