2027 Chevrolet Equinox sotuvida muhim o‘zgarish bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Faqat Kanada uchun
2027 Chevrolet Equinox sotuvida muhim o‘zgarish bo‘ladi
Foto: GM Authority

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Equinox’ning Kanadadagi barcha versiyalarini standart to‘liq uzatma – AWD bilan taklif qiladi. Shu sabab oldingi bazaviy old g‘ildirakdan tortuvchi Equinox LT FWD sotuvdan chiqariladi va modelning boshlang‘ich narxi ham oshadi, deya xabar berdi GM Authority.

2027-yilgi Chevrolet Equinox Kanadada LT, Activ va RS komplektatsiyalarida sotiladi. Ularning barchasi AWD tizimiga ega bo‘ladi.

Hozirda 2026-model yilida taklif qilinayotgan Equinox LT FWD esa yangi model yiliga o‘tilgach Kanada bozoridan chiqariladi.

Eng arzon Equinox 2300 Kanada dollariga qimmatlashadi

Foto: GM Authority

2027 Chevrolet Equinox LT AWD’ning boshlang‘ich narxi 36 899 Kanada dollarini ($26,6 ming) tashkil etadi.

Yetkazib berish uchun 2300 Kanada dollari ($1,6 ming), konditsioner solig‘i uchun 100 Kanada dollari ($72) va diler yig‘imi uchun 350 Kanada dollari ($252) qo‘shilgach, avtomobilning umumiy narxi 39 649 Kanada dollariga ($28,6 ming) yetadi.

Taqqoslash uchun, 2026-yilgi Equinox LT FWD barcha yig‘imlar bilan 37 349 Kanada dollari ($26,9 ming)dan boshlangan. Demak, 2027-yilgi eng arzon Equinox avvalgi bazaviy modeldan 2300 Kanada dollari ($1,6 ming)ga qimmatroq bo‘ladi.

Equinox Activ va RS versiyalarining yakuniy narxi esa 44 549 Kanada dollari ($32,2 ming)ni tashkil etadi.

GMC Terrain ham faqat AWD bilan qoladi

Foto: GM Authority

General Motors xuddi shunday o‘zgarishni 2027 GMC Terrain’da ham amalga oshiradi.

Terrain Elevation AWD barcha yig‘imlar bilan 41 598 Kanada dollari ($30 ming)dan, AT4 — 47 498 Kanada dollari ($34,3 ming)dan, Denali esa 53 298 Kanada dollari ($38,5 ming)dan boshlanadi.

2026-yilgi Terrain Elevation FWD 38 949 Kanada dollari ($28,1 ming)ga taklif qilingan edi. Shunday qilib, Terrain’ning boshlang‘ich narxi 2649 Kanada dollari ($1,9 ming)ga oshadi.

GM Kanadada AWD’ga ko‘proq o‘tmoqda

Bu qaror General Motors’ning Kanada bozoridagi kengroq strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

2027-yildan Chevrolet Equinox EV va Blazer EV ham Kanadada faqat AWD bilan sotiladi. Bundan tashqari, Blazer, Traverse hamda GM’ning qator boshqa modellari ham ushbu bozorda standart to‘liq uzatma bilan taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva PHEV krossoverini Braziliyada ishlab chiqarishni boshlashini rasman tasdiqlagandi.

Shuningdek