28-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi

28-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat ayrim hududlarda 40 darajagacha ko‘tariladi.
Eng yuqori harorat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Bu hududlarda kunduzi havo 35–40 darajagacha isishi kutilmoqda.
Toshkentda 37 darajagacha issiq bo‘ladi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 35–37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi 17–22 daraja, kunduzi 32–37 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Buxoro va Navoiyda shamol kuchayishi mumkin
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha, ba’zan esa 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham kunduzi 35–40 daraja issiq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida 32–37 daraja kutilmoqda
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa kunduzi 33–38 daraja, kechasi 17–22 daraja harorat prognoz qilinmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi esa 25–30 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentabrda O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilishi haqida ma’lumot berilgandi.