Bugun Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramida qatnashadi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari dastlab Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashadi
Foto: prezident matbuot xizmati

Bugun, 28-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlat rahbari dastlab Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashadi.

Shundan so‘ng Prezident «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Kechqurun tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi

Kechqurun Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi.

Tadbir davomida davlat rahbari O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabriklashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 1991-yil 31-avgustda davlat mustaqilligini e’lon qilgan. 1-sentabr esa mamlakatda Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi.

Bu yil O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasidagi islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kelgusi maqsadlar fonida nishonlanmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida 852 nafar jazoni o‘tayotgan shaxs afv etilgandi.

Shuningdek