Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi

eʼlon qilindi
Islomoboddagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in sababli hamdardlik bildirildi
Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi
Foto: Akhtar Soomro/Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomoboddagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Pokiston rahbariga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi. Shuningdek, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shifoxonaning tug‘uruq bo‘limidagi yong‘in oqibatida kamida 14 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgani xabar qilingandi. Islomobod bosh komissari Sohail Ashraf qutqaruv guruhlari, mutaxassislar va politsiya xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelganini ma’lum qildi. Ularning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in nazoratga olingan. Kamida bir nafar chaqaloq qutqarilgani xabar qilingan.

Halok bo‘lgan chaqaloqlarning jasadlari kuchli kuygan. Shu sababli politsiya ularning shaxsini aniqlash uchun DNK ekspertizasi o‘tkazilishini bildirgan. Shundan keyingina jasadlar marhumlarning oilalariga topshiriladi. Ayrim ota-onalar esa farzandlarining jasadini imkon qadar tezroq berishni talab qilgan.

Shuningdek