Dollar oshdi: 2-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

2-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
25-avgustda kurs yana 35,48 so‘mga tushib, 11 818,07 so‘mni, 26-avgust kuni 39,55 so‘mga tushib, 11 778,52 so‘mni, 27-avgust kuni 45,17 so‘mga oshib, 11 823,69 so‘mni, 28-avgust kuni esa 22,46 so‘mga tushib, 11 801,23 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 28,32 so‘mga oshib, 13 766,13 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,78 so‘mga oshib, 137,51 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 27-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.