Farg‘onalik tadbirkor BMTning 100 Women Heroes ro‘yxatidan joy oldi

eʼlon qilindi
Tadbirkor oktabr oyida Rimda o‘tkaziladigan Butunjahon oziq-ovqat forumida taqdirlanadi
Farg‘onalik tadbirkor BMTning 100 Women Heroes ro‘yxatidan joy oldi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyatida anorchilikni rivojlantirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Masturaxon Sayfutdinovaning mehnati xalqaro darajada e’tirof etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

U BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO tomonidan tuzilgan 100 Women Heroes ro‘yxatiga kiritildi.

FAO rahbari tadbirkorning faoliyatini e’tirof etdi

FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy Masturaxon Sayfutdinovaga yo‘llagan maktubida uning rahbarlik faoliyati, fidoyiligi va erishgan natijalarini alohida qayd etgan.

Tadbirkorning yutug‘i nafaqat Farg‘onadagi anorchilik sohasi, balki qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik ayollarning mehnati uchun ham muhim e’tirof sifatida baholanmoqda.

Taqdirlash marosimi Rimda bo‘lib o‘tadi

Masturaxon Sayfutdinovani taqdirlash marosimi 12 – 16-oktabr kunlari Italiyaning Rim shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon oziq-ovqat forumi doirasida tashkil etiladi.

Forum FAO bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Unda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xivadagi qovun festivali jahon rekordini qayd etgani haqida yozgandi.

Shuningdek