Mirziyoyevning hamdardliklari, milliarderlar rekord darajada ko‘paydi — 28-avgust yangiliklari

eʼlon qilindi
28-avgust yangiliklari
Foto: prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev hamdardliklar yo‘lladi, milliarderlar soni 8,2 foizga oshdi — 28-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik yo‘lladi
Foto: Prakash Mathema/AFP via Getty Images

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonida va Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan ikki davlat rahbariga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan, jarohatlangan va katta iqtisodiy talafot yetgan.

Dunyoda milliarderlar soni 8,2 foizga oshdi

Dunyoda milliarderlar soni 8,2 foizga oshdi
Foto: Fortune

Altrata kompaniyasining Billionaire Census 2026 hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda dunyodagi milliarderlar soni rekord darajadagi 3 795 nafarga yetdi va o‘tgan yildagiga nisbatan 8,2 foizga oshdi. Ularning jami boyligi esa bir yil ichida 12,8 foizga oshib, $15,1 trlnni tashkil etdi.

Hisobotga ko‘ra, dunyoda boyligi $50 mlrddan yuqori bo‘lgan 29 nafar «supermilliarder» mavjud. Altrata milliarderlar boyligining o‘sishida sun’iy intellekt sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar asosiy omillardan biri bo‘lganini qayd etgan.

Javohir Sindarov yana bir mas’uliyatni bo‘yniga oldi

Sindarov Global Chess League’da Karlsen bilan o‘ynaydi
Foto: Sindarov/ Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 3 – 13-sentabr kunlari Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tadigan Tech Mahindra Global Chess League musobaqasining to‘rtinchi mavsumida qatnashadi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

U bu safar FYERS American Gambits jamoasining asosiy yetakchisi – Icon taxtasida o‘ynaydi. Musobaqada Magnus Karlsen, Vishvanatan Anand, Alireza Firuzja, Yan Nepomnyashchiy kabi dunyoning yetakchi shaxmatchilari ham ishtirok etadi.

Husanov va Rahmonaliyev: UEFA Chempionlar ligasida O‘zbekistondan nechta futbolchi qatnashadi

Husanov va Rahmonaliyev: UEFA Chempionlar ligasida O‘zbekistondan 2 futbolchi qatnashadi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida O‘zbekistonning ikki nafar futbolchisi vakillik qiladi. Abduqodir Husanov va Umarali Rahmonaliyev Yevropaning asosiy klub turnirida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubi bilan UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida qatnashadi.

Umarali Rahmonaliyev esa Ozarbayjonning «Sabah» klubi bilan saralash bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l oldi.

Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi

Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi
Foto: Akhtar Soomro/Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomoboddagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Pokiston rahbariga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi
Foto: depositphotos

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $49,5 mlrdni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan $3,7 mlrdga yoki 8,1 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobot davrida importning yuqori sur’atlarda o‘sishi tashqi savdo aylanmasining kengayishiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan. Eksport hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan qisqargan.

Norvegiya qiroli Harald V vafot etdi

Foto: Super.ru

Norvegiya qiroli Harald V 28-avgust kuni 89 yoshida Oslo universiteti kasalxonasida vafot etdi. Bu haqda mamlakat qirollik saroyi xabar berdi.

U mamlakatni 35 yildan ortiq boshqardi va Norvegiya monarxiyasini zamonaviylashtirish hamda qirollik oilasini jamoatchilikka yaqinlashtirishdagi roli bilan tanildi.

Nepaldagi suv toshqinida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi

Foto: ABC News

Nepal va Xitoyning Tibet hududida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida 1,5 mingga yaqin kishilar bedarak yo‘qolgan. Ular orasida 700 dan ortiq xorijlik fuqarolar bor. Hozircha tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxona Nepal va tegishli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni kuzatmoqda.

Dam olish va bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

O‘rta tibbiyot xodimlari Germaniyada ishga taklif etilmoqda
Foto: LinkedIn

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 29-avgustdan 1-sentabrgacha O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari navbatchilik asosida uzluksiz faoliyat yuritadi. «103» tez tibbiy yordam xizmati ham odatdagi tartibda ishlaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun vazirlikda alohida shtab tashkil etilgan.

Farg‘onalik tadbirkor BMTning 100 Women Heroes ro‘yxatidan joy oldi

Farg‘onalik tadbirkor BMTning 100 Women Heroes ro‘yxatidan joy oldi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyatida anorchilikni rivojlantirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Masturaxon Sayfutdinovaning mehnati xalqaro darajada e’tirof etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

U BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO tomonidan tuzilgan 100 Women Heroes ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek