O‘zbekiston iyul oyida qancha oltin eksport qildi

eʼlon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra
oltin narxi
Foto: sweet_tomato / depositphotos.com

O‘zbekiston 2026-yil iyul oyida taxminan $1,3 mlrdlik oltin eksport qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar – iyul oylarida oltin eksporti jami $2,8 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan keskin kamaygan.

2025-yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich $7,6 mlrd bo‘lgan. Ya’ni oltin eksporti qiymati qariyb 2,7 baravar kamaygan.

Yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston oltinni faqat aprel va iyul oylarida eksport qilgan. Aprelda qariyb $1,5 mlrdlik oltin sotilgan edi. Shundan kelib chiqib, iyul oyidagi oltin eksporti taxminan $1,3 mlrdni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Ratings O‘zbekistonning oltin zaxiralari xavf ostida ekanini ma’lum qilgandi. Fitch hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan. Bu Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Qirg‘izistonda ham oltinning zaxiralardagi ulushi 80 foizga yetgan.

Bunday tuzilma mamlakat uchun ikki tomonlama ta’sirga ega. Oltin narxi oshsa, zaxiralarning umumiy qiymati ham ko‘tariladi. Aksincha, bozorda keskin pasayish yuz bersa, oltin ko‘rinishidagi aktivlarning dollar qiymati qisqaradi.

Shuningdek