O‘zbekistonda xorijlik talabalar soni 24 mingdan oshdi: eng ko‘pi Hindistondan

eʼlon qilindi
Tibbiyot eng talabgir yo‘nalish
Tramp AQShda chet ellik talabalarning o‘qish muddatini 4 yilga cheklamoqchi
Foto: Teacher Magazine

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan kelgan 24,6 ming nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Ularning qariyb uchdan ikki qismi tibbiyot yo‘nalishini tanlagan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi xabar berdi.

Foto: Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi

Hindistonlik talabalar yetakchilik qilmoqda

Xorijiy talabalar orasida son jihatidan Hindiston fuqarolari katta ustunlikka ega – 13 ming nafar. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (4 884 nafar), Pokiston (1 165 nafar) va Qozog‘iston (1 129 nafar) fuqarolari egallagan.

Tibbiyot eng talabgir yo‘nalish

Xorijiy talabalar uchun O‘zbekistondagi eng ommabop soha tibbiyot bo‘lib qolmoqda. Mazkur yo‘nalishda 16,5 ming nafar xorijlik tahsil olyapti. Bu barcha xorijiy talabalar sonining qariyb 67 foiziga teng.

Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston tibbiyot oliygohlarining xorijliklar orasidagi talab yuqoriligini ham ko‘rsatadi.

Qaysi oliygohlarda xorijliklar ko‘p

Xorijiy talabalar soni bo‘yicha Toshkent va Samarqanddagi tibbiyot oliygohlari oldingi o‘rinlarda turibdi.

Eng ko‘p xorijiy talaba quyidagi oliygohlarda tahsil olmoqda:

Oliy ta’lim muassasasiXorijiy talabalar
Toshkent davlat tibbiyot universiteti4 155 nafar
Samarqand davlat tibbiyot universiteti4 153 nafar
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti2 886 nafar
Buxoro davlat tibbiyot instituti2 178 nafar
O‘zbekiston Milliy universiteti1 917 nafar

Xorijiy talabalar soni bo‘yicha kuchli o‘ntalikdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham o‘rin olgan.

Ma’lumotlar HEMIS tizimi asosida shakllantirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi oliygohlarda darslar soat 08:00 da boshlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek