O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

28-avgust 2026 10:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Foto: World Rowing

O‘zbekistonlik sportchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev akademik eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida tarixiy natijaga erishdi. O‘zbekiston vakillari mamlakat tarixida ilk bor ushbu musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida davom etayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida 27-avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy natija qayd etildi.

Nurmatov va Safaraliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi

Yengil vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida juftlik dasturida – LM2x yo‘nalishida Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev tandemi barcha raqiblarini ortda qoldirib, jahon chempioniga aylandi.

Foto: Olimpiya qo‘mitasi

Bu natija O‘zbekiston akademik eshkak eshish tarixidagi eng yirik yutuqlardan biri bo‘ldi. Bungacha o‘zbekistonlik sportchilar kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritmagan edi.

Mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rin Germaniya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, AQSh sportchilari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

G‘alaba Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlandi

Shahzod Nurmatov chempionlikdan so‘ng bergan intervyusida ushbu tarixiy g‘alabani O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlaganini ma’lum qildi.

Shu tariqa Nurmatov va Safaraliyev nafaqat jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, balki O‘zbekiston akademik eshkak eshish tarixida yangi sahifa ochdi.

Amsterdamdagi jahon chempionati o‘zbekistonlik sportchilar uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi – mamlakat kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida akademik eshkak eshish bo‘yicha ilk chempionlariga ega bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» Abduqodir Husanovning boyligi haqida yozgan edi.

Shuningdek