Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonida va Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan ikki davlat rahbariga hamdardlik bildirdi.
Xitoy raisiga hamdardlik
Shavkat Mirziyoyev Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.
Tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan, jarohatlangan va katta iqtisodiy talafot yetgan.
Nepal prezidentiga ham hamdardlik
Davlat rahbari Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatlari munosabati bilan Nepal prezidenti Ram Chandra Paudelga ham hamdardlik bildirdi.
Mirziyoyev har ikki davlatda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishni tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Nepaldagi toshqinlarda 350 dan ortiq odamlar halok bo‘ldi. Mingdan ziyod kishilar esa bedarak yo‘qolgan. Yo‘qolganlar orasida kamida 700 nafar xorijiy sayyoh bor, deb xabar berdi Reuters.
Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun vertolyotlardan foydalanmoqda. Yo‘llar uzilib qolgan shahar va vodiylardagi minglab odamlarga havo orqali chodirlar, oziq-ovqat va boshqa zarur vositalar yetkazilmoqda.