Hindiston bosh vazirining tashrifi, xavf ostida qolgan O‘zbekiston oltin zaxiralari — haftaning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda qimorni reklama qilgan 50 dan ortiq saytlar bloklandi
Hindiston bosh vazirining tashrifi, xavf ostidan O‘zbekiston oltin zaxiralari — haftaning muhim yangiliklari
Foto: «Minbar ortida» Telegram-kanali

Hindiston bosh vazirining tashrifi, xavf ostida qolgan O‘zbekiston oltin zaxiralari — haftaning muhim yangiliklari «Kursiv» dayjestida.

O‘zbekistonning oltin zaxiralari xavf ostida — Fitch Ratings

Jahonda oltin narxi ilk bor 5,2 ming dollardan oshdi
Foto: The Rising Nepal

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining asosiy qismi oltinga to‘g‘ri keladi. Bu holat oltin narxi yuqori bo‘lgan paytda zaxiralar qiymatini oshirsa-da, qimmatbaho metall narxi keskin tushgan taqdirda mamlakatning tashqi moliyaviy buferlariga bosim qilishi mumkin. Bu haqda xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings ma’lum qildi.

Fitch hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining 87 foizi oltindan iborat bo‘lgan. Bu Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Qirg‘izistonda ham oltinning zaxiralardagi ulushi 80 foizga yetgan.

Toshkentdagi oliygohlarda darslar soat 08:00 da boshlanadi

Foto: Edu.uz

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi darslar soat 08:00 da boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Yangi tartib poytaxtdagi transport oqimini samarali tashkil etish va ertalabki hamda kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llarga tushadigan yuklamani kamaytirish maqsadida joriy qilinmoqda.

«Paxtakor» klubining yangi egasi ma’lum bo‘ldi

Foto: Klub rasmiy sahifasi

«Paxtakor» futbol klubi atrofida yana katta o‘zgarish yuz bermoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev klub bilan hamkorlikni yakunlagach, «sherlar» boshqaruvi yana Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga qaytmoqda. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev xabar berdi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayevning «Paxtakor»dagi faoliyatini yakunlashi haqidagi ma’lumot 24-avgust kuni paydo bo‘ldi. Klub xodimlariga tegishli xabar yetkazilgani haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev ma’lum qilgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Ortiqxo‘jayevning klubdagi faoliyatini tugatishi avvaldan kutilgan, biroq qarorning aynan shu vaqtda va qisqa muddat ichida amalga oshishi kutilmagan. Hozircha tadbirkorning ketishiga sabab bo‘lgan omillar rasman ochiqlanmagan.

Nafaqa va Baraka kartasi bo‘yicha qayerga murojaat qilish kerak

Foto: depositphotos

Nafaqa tayinlanishi, to‘lov muddati, Baraka kartasini olish yoki ilovadagi texnik muammolar bo‘yicha murojaat qilinadigan tashkilotlar va telefon raqamlari ma’lum qilindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Nafaqa tayinlanganini aniqlash, uning qachon to‘lanishi yoki kasallik nafaqasi miqdori haqida ma’lumot olish uchun 1070 «Ishonch raqami»ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Dunyoda milliarderlar soni 8,2 foizga oshdi

Altrata kompaniyasining Billionaire Census 2026 hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda dunyodagi milliarderlar soni rekord darajadagi 3 795 nafarga yetdi va o‘tgan yildagiga nisbatan 8,2 foizga oshdi. Ularning jami boyligi esa bir yil ichida 12,8 foizga oshib, $15,1 trlnni tashkil etdi.

Hisobotga ko‘ra, dunyoda boyligi $50 mlrddan yuqori bo‘lgan 29 nafar «supermilliarder» mavjud. Altrata milliarderlar boyligining o‘sishida sun’iy intellekt sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar asosiy omillardan biri bo‘lganini qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik yo‘lladi
Foto: Prakash Mathema/AFP via Getty Images

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonida va Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan ikki davlat rahbariga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan, jarohatlangan va katta iqtisodiy talafot yetgan.

Javohir Sindarov yana bir mas’uliyatni bo‘yniga oldi

Sindarov Global Chess League’da Karlsen bilan o‘ynaydi
Foto: Sindarov/ Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 3 – 13-sentabr kunlari Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tadigan Tech Mahindra Global Chess League musobaqasining to‘rtinchi mavsumida qatnashadi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

U bu safar FYERS American Gambits jamoasining asosiy yetakchisi – Icon taxtasida o‘ynaydi. Musobaqada Magnus Karlsen, Vishvanatan Anand, Alireza Firuzja, Yan Nepomnyashchiy kabi dunyoning yetakchi shaxmatchilari ham ishtirok etadi.

Husanov va Rahmonaliyev: UEFA Chempionlar ligasida O‘zbekistondan nechta futbolchi qatnashadi

Husanov va Rahmonaliyev: UEFA Chempionlar ligasida O‘zbekistondan 2 futbolchi qatnashadi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida O‘zbekistonning ikki nafar futbolchisi vakillik qiladi. Abduqodir Husanov va Umarali Rahmonaliyev Yevropaning asosiy klub turnirida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubi bilan UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida qatnashadi.

Umarali Rahmonaliyev esa Ozarbayjonning «Sabah» klubi bilan saralash bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l oldi.

Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi

Chaqaloqlar halok bo‘ldi: Mirziyoyev Pokiston rahbariga hamdardlik yo‘lladi
Foto: Akhtar Soomro/Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomoboddagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Pokiston rahbariga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yo‘lladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 7 oyda 49,5 mlrd dollarga yetdi
Foto: depositphotos

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $49,5 mlrdni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan $3,7 mlrdga yoki 8,1 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobot davrida importning yuqori sur’atlarda o‘sishi tashqi savdo aylanmasining kengayishiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan. Eksport hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan qisqargan.

Husanovning xatosi «Manchester Siti»ga qimmatga tushayozdi

Foto: Mancity.com

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Bornmut» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning asosiy qahramonlari Mark Gehi va Yoshko Gvardiol bo‘ldi. The Guardian nashri «Siti»ning xatosiga sababchi qilib Abduqodir Husanov va Ruben Diashni ko‘rsatdi.

«Bornmut» uzoq vaqt davomida hisobda oldinda borib, «Manchester Siti» ustidan tarixidagi ilk safar g‘alabasiga yaqin turgandi. Biroq uchrashuv yakuniga kelib, mezbonlar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiyalik shaxmatchilarning Samarqandga kelishi taqiqlandi

Foto: Chessdom.com

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti kengashi rossiyalik grossmeysterlarni Samarqandda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etishga qo‘ymadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASSga ma’lum qildi.

Musobaqa 15 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. 7-avgust kuni turnir tashkilotchilari ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilgan, unda Rossiya vakillari bo‘lmagan.

Eron Trampning o‘g‘li uchun 10 mln dollar mukofot va’da qildi

Foto: Eluniverso.com

Eron davlat televideniyesi AQSh prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Trampga tahdid sifatida baholangan videoni namoyish etdi. Unda Barron Trampning harakatlari kuzatilayotgani va uni o‘ldirganlik uchun $10 mln mukofot va’da qilingani da’vo qilingan.

Eron davlat televideniyesining 3-kanalida namoyish etilgan, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bilan bog‘liq OAV tarqatgan videoga «Barron Trampni qayerda va qanday o‘ldirish kerak?» deb nom berilgan.

O‘zbekistonda qimorni reklama qilgan 50 dan ortiq saytlar bloklandi

Foto: Milanac.ru

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilgan 50 dan ortiq saytlarga cheklov qo‘yildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida jami 76 ta veb-sayt bo‘yicha ularni bloklash choralarini ko‘rish yuzasidan vakolatli davlat organlariga murojaatlar yuborilgan.

Shuningdek