Yangi Toshkentdagi favvora ikkita Ginnes rekordini o‘rnatdi

eʼlon qilindi
Majmua dunyodagi eng baland ochiq osmon ostidagi musiqiy favvora hamda eng katta aylana suv ekranidagi proyeksiya sifatida e’tirof etildi
Yangi Toshkentda barpo etilgan musiqiy favvora bir vaqtning o‘zida ikkita Ginnes rekordini yangiladi. Bu haqda Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Videodan ekran tasviri

Yangi Toshkentda barpo etilgan musiqiy favvora bir vaqtning o‘zida ikkita Ginnes rekordini yangiladi. Bu haqda Yangi Toshkent direksiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Majmua dunyodagi eng baland ochiq osmon ostidagi musiqiy favvora hamda eng katta aylana suv ekranidagi proyeksiya sifatida e’tirof etildi.

Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi ma’lum qilishicha, rekord natijalar Ginnes rekordlari tashkilotining rasmiy hakami Meggi Luo tomonidan tasdiqlangan. U tegishli sertifikatlarni ham topshirgan.

Favvora balandligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Yangi Toshkentdagi musiqiy favvoraning balandligi 232,69 metrni tashkil etdi. Shu tariqa u ochiq osmon ostidagi musiqiy favvoralar orasida dunyodagi eng baland inshoot sifatida Ginnes rekordiga kirdi.

Avvalgi rekord 204,7 metr bo‘lib, u Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi favvoraga tegishli edi.

Demak, Yangi Toshkentdagi yangi favvora avvalgi rekorddan qariyb 28 metrga balandroq natija qayd etdi.

Suv ekranidagi proyeksiya ham rekord bo‘ldi

Majmua ikkinchi jahon rekordini aylana shaklidagi suv ekranidagi proyeksiya hajmi bo‘yicha o‘rnatdi.

Yangi Toshkentdagi suv ekranining maydoni 2617,23 kvadrat metrni tashkil etdi. Bu shu turdagi eng yirik proyeksiya sifatida Ginnes rekordlari ro‘yxatiga kiritildi.

Bungacha rekord ko‘rsatkich 2400 kvadrat metr bo‘lgan.

Majmua qariyb 8 gektar maydonda barpo etilgan

Yangi Toshkentdagi musiqiy favvora majmuasi loyihasi 2026-yil mart oyida prezidentga taqdim etilgan edi.

Loyihaga ko‘ra, majmua qariyb 8 gektar maydonda barpo etilgan. Uning suv yuzasi esa 6,3 gektarni tashkil qiladi.

Favvora musiqiy va vizual effektlarni birlashtirgan yirik ko‘ngilochar majmua sifatida Yangi Toshkentning asosiy obyektlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Avvalroq Xivadagi qovun festivali jahon rekordini qayd etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek